Endilikda maktab direktori va uning oʻrinbosarlariga KPI asosida ustama toʻlanadi
Illyustrativ foto
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, endilikda umumtaʼlim muassasasining direktori va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra har oylik ustamalar toʻlanadi. Umumtaʼlim muassasalarining direktori va uning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi umumtaʼlim muassasasining quyidagi belgilangan koʻrsatkichlariga muvofiq 100 ballik tizimda baholanadi:
• akademik natijalar;
• noakademik natijalar;
• tarbiyaviy ishlar samaradorligi;
• moliyaviy faoliyat samaradorligi;
• malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi;
• koʻrsatkichlar boʻyicha baholash metodikasi va tartibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Direktorlar kengashlarida faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim muassasasi direktorlariga bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foiz har oylik ustamalar toʻlanadi.
Shuningdek, qaror asosida:
• oʻz faoliyatida ijobiy natija koʻrsatgan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 20 foizgacha ragʻbatlantiriladi;
• umumtaʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan oʻqituvchilarga ularning taʼrif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik toʻlov toʻlanadi
Qarorning toʻliq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring