Endi Ukraina Rossiya ichiga zarba bera oladi — OAV

14:49 18 Noyabr 2024 Dunyo
256 0

Arxiv foto

Amerika Qoʻshma Shtatlarining isteʼfoga chiqishga tayyorlanayotgan rahbari Jo Bayden Ukrainaga Rossiya hududida zarba berish uchun AQSH tomonidan taqdim etilgan qurollardan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda “Reuters”, “New York Times” kabi ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Shuningdek, ikki AQSH rasmiylari Ukraina yaqin kunlarda qurol yordamida uzoq masofaga hujumlar uyushtirishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan. Hozircha Oq uy bu xabarlarga izoh bermagan.

“Bugungi kunda koʻpchilik ommaviy axborot vositalarida biz tegishli choralar koʻrish uchun ruxsat olganimizni aytishmoqda. Biroq zarbalar gap bilan amalga oshirilmaydi buni raketalar koʻrsatadi”, — deydi Vladimir Zelenskiy ukrainaliklarga. Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski bu xabarlarni olqishlab, AQSH Rossiyaga Putin tushunadigan tilda javob berayotganini aytgan.

Rossiyalik deputat Vladimir Jabarov Ukrainaning AQSH qurollaridan Rossiya ichkarisiga zarba berishi uchinchi jahon urushiga olib kelishini taʼkidlagan. Uning qoʻshimcha qilishicha, Rossiyadan qarshi javob darhol boʻladi.

ATACMS raketalari 306 km masofani bosib oʻtishga qodir. Zelenskiy bir necha oy davomida Rossiya hududidagi nishonlarga qarshi qurol ishlatishga ruxsat soʻrab kelgan. Buyuk Britaniya va Fransiya ham ushbu qarorni qoʻllab-quvvatlagan.

Moskva, avvalroq, Vashington tomonidan AQSH yetkazib berayotgan qurollardan foydalanishga qoʻyilgan cheklovlarni yumshatish boʻyicha har qanday harakatni katta keskinlik sifatida koʻrishi haqida ogohlantirgan edi. AQSH qarori siyosatdagi jiddiy oʻzgarishlarni koʻrsatadi va Rossiyaning shaharlar hamda elektr tarmoqlariga hujumlarini toʻxtatish uchun kurashayotgan Ukraina hukumatini kuchaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?