“Endi men ham Oʻzbekiston fuqarosiman... ”
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning tegishli Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti arafasida bir guruh hamyurtlarimizga Oʻzbekiston fuqaroligi pasportlari berildi. Orzu-armonlari ijobat boʻlgan bunday insonlar orasida 20 nafar fargʻonaliklar ham bor.
Fargʻona viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat IIB boshligʻi, general mayor Azizbek Ikramov barchani qoʻshaloq xursandchiliklar bilan qutlab, mamlakatning toʻlaqonli aʼzosi boʻlish, ayniqsa, fuqarolik pasporti gʻurur va iftixor ramzi ekanligini eʼtirof etdi.

Taʼkidlanganidek, ezgu tashabbuslar doirasida 2016-yildan buyon viloyatda istiqomat qiluvchi 3 ming 432 nafar shaxsga Oʻzbekiston fuqaroligi berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tan olish boʻyicha 5 ming 469 nafar shaxslarning fuqaroligi tan olindi va pasport (identifikatsiya ID-karta) bilan hujjatlashtirildi.
Beshariqlik Raʼnoxon Rahmatova bu kunni 20-yil kutdi. Qariyb 60 yoshli Raʼnoxon opa asli Beshariq tumanida tugʻilib, voyaga yetgan. Taqdir taqozosi bilan bir muddat qoʻshni Tojikistonning Isfara shahrida yashab kelgan edi. Ona yurtga qaytgach esa fuqaroligi yoʻq shaxs guvohnomasini olishiga toʻgʻri keldi.

— Prezidentimizga ming rahmat! — deydi u quvonch koʻz yoshlarini yashira olmay. — Oʻtgan davr mobaynida qalbimda bir kemtiklik, oʻksinish bor edi. Qanday baxt, endi men ham Oʻzbekiston fuqarosiman. Bu soʻzni baralla aytish juda ham yoqimli boʻlar ekan.
Shu bois hozirgi quvonchimni soʻz bilan ifodalab berish qiyin. Bunday imkoniyat va gʻamxoʻrlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiraman.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring