Endi Xorazmdagi “zapravka”da dahshatli yongʻin yuz berdi
Videodan kadr
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida yirik yongʻin yuz berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd qilinishicha, bugun, 8-avgust soat 19:47 da Urganch shahar Jannatmakon koʻchasida joylashgan AYQSh hududida yoqilgʻi tashuvchi avtosisternadan yoqilgʻi saqlash rezervuarga benzin yoqilgʻisini toʻkish vaqtida yongʻin kelib chiqqan.
FVBga kelib tushgan xabarga boʻyicha 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 19:50 da voqea joyiga yetib borib, soat 19:56 da yongʻinni qurshab olgan va 20:06 da bartaraf qilgan. Hodisa oqibatida mobilsisternadagi 3 tonna benzin yoqilgʻisi yonib ketgan.
FVVga koʻra, yongʻin tufayli tan jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Hozirda hodisaning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bundan uch kun avval, 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida ham “zapravka” portlab ketgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring