Endi imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar maʼlumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi faoliyatiga bogʻliq yangi xizmat ishga tushirildi.
Endilikda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar oʻzlariga tibbiyot tashkilotlarida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplangan mablagʻlar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni onlayn tarzda olishlari mumkin boʻldi.
Buning uchun "my.gov.uz" portaliga kirib, “Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yoʻllanma asosida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar maʼlumoti”ni olish uchun soʻrov yuboriladi.
Shuningdek, ota-onalar uchun farzandlariga koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyati yaratildi.
Mazkur davlat xizmati bepul boʻlib, Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladi.
Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havola orqali oʻtish mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/1008
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring