Endi ilmiy ishni “ChatGPT” yozib bera oladimi? “OpenAI” “Pro” xizmatini ishga tushirdi

“OpenAI” oʻzining yangi “ChatGPT Pro” xizmatini ommaga taqdim etdi. Ushbu xizmatning oylik haqqi 200 AQSH dollarni tashkil etadi. Xizmat muhandislik va tadqiqot sohalarida foydalanish uchun moʻljallangan. “ChatGPT Pro” “OpenAI”ning boshqa xizmatlari – “ChatGPT Plus”, “Team” va “Enterprice” paketlariga qoʻshimcha sifatida taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar qoldirilgan.
Yangi “ChatGPT Pro” xizmati “OpenAI”ning eng ilgʻor modellariga, jumladan, o1, o1-mini, GPT-4o va “Advanced Voice” texnologiyalariga cheksiz kirishni taʼminlaydi. Bundan tashqari, xizmat “o1 pro” rejimini taklif etadi. Bu rejim murakkabroq masalalarni hal qilish uchun koʻproq hisoblash quvvatidan foydalanadi. “OpenAI” maʼlumotlariga koʻra, ushbu model ilmiy, matematik va dasturlash sohalarida yuqori aniqlikda amallar bajaradi. Bu esa tadqiqotchi olimlar uchun ilmiy ish yozishda yordamchi boʻlishi mumkin.
“ChatGPT Pro” tadqiqotchilar va muhandislar uchun kunlik faoliyatni sezilarli darajada samarali qiladi. Ayniqsa, data fanlari, dasturlash va huquqiy masalalar tahlilida “o1 pro” rejimi aniq va toʻliq javoblar berishda yetakchilik qiladi. Shuningdek, ushbu rejim qatʼiy testlardan oʻtgan va savollarga toʻrt marta toʻgʻri javob berish (“4/4 aniqlik”) bilan baholanadi.
“OpenAI” “ChatGPT Pro” uchun maxsus grantlar dasturini ham ishga tushirdi. Hozircha dastlabki 10 ta grant AQSHning yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalarida ishlaydigan olimlarga beriladi. Ushbu grant oluvchilar orasida kamyob kasalliklarni oʻrganadigan genetik tadqiqotchilar, qarish va demensiyani oʻrganayotgan mutaxassislar ham bor.
“ChatGPT Pro” foydalanuvchilariga koʻp hisoblash quvvatini talab qiladigan murakkab vazifalarni bajarish imkonini beradi. Ushbu xizmat jarayon davomida foydalanuvchilar uchun javoblar yaratishda bildirishnomalar va koʻrsatkich paneli orqali qulaylik yaratadi. Bu esa uzoq vaqtni talab qiladigan murakkab masalalarda ishlashni yanada osonlashtiradi.
“OpenAI” kelgusida “ChatGPT Pro” xizmatiga yangi funksiyalar qoʻshishni rejalashtirmoqda. Ular orasida yuqori hisoblash imkoniyatlarini talab qiladigan vazifalar uchun kengaytirilgan imkoniyatlar kiritilishi kutilyapti. Shu bilan birga, boshqa xizmatlarda ham yangi funksiyalarni taqdim etish davom ettiriladi.
“ChatGPT Pro” xizmati sunʼiy intellekt imkoniyatlarini tadqiqot va muhandislik sohalarida samarali qoʻllash orqali insoniyatga foyda keltirishga qaratilgan. “OpenAI”ning bu qadami texnologiya rivojini tezlashtirish va murakkab muammolarni hal qilishda yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring