Enagalik qilish uchun Turkiyaga ketgan ayol foxishalikka majburlandi

23:16 31 Oktyabr 2021 Jamiyat
1812 0

Oʻzbekistonning Turkiya Respublikasi Istanbul shaxridagi Bosh konsulxonasiga fohishalik qilishga majburlangan ikki farzandning onasi murojaat qilgan. Bu haqda Istanbul shaxridagi konsullik xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 2021-yil avgust oyida ayol enagalik qilish uchun aldov yoʻli bilan Istanbulga olib kelingan va fohishalik qilish uchun majburlangan.

30-oktabr kuni ayol u yerdan qochib, Oʻzbekiston konsulxonasiga kelgan.

“Oʻzbek ayolar huquqlari jamiyati” (Ozbek Kadın Hakları dernegı) bilan hamkorlikda ayolning shaxsiy ashyolari va hujjatlari qaytarib olinib, hozirgi vaqtda vatandoshimizning yurtimizga qaytishi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер