Eldor Shomurodov “Bashakshehir” klubi bilan shartnoma imzoladi
Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaning “Bashakshehir” klubi bilan rasman shartnoma imzoladi. Istanbul jamoasi 30 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijara asosida oʻz safiga qoʻshib oldi.
Kelishuvda futbolchini majburiy tarzda sotib olish bandi ham mavjud ekani qayd etilmoqda. Ushbu transfer rasman eʼlon qilingach, Shomurodov oʻzining sobiq klubi “Roma” bilan samimiy tarzda xayrlashdi va muxlislarga murojaat yoʻlladi.
Eldor Shomurodov “Roma” jamoasida oʻtkazgan faoliyatini iliq xotiralar bilan esga oldi. U klubdagi har bir daqiqani qadrlashini, jamoa bilan birga oʻtgan lahzalar, kiritgan gollari va murabbiylardan olgan saboqlarini umrining muhim qismi sifatida baholashini taʼkidladi. Uning taʼriflashicha, “Roma” libosini kiyish u uchun katta sharaf boʻlgan va bu davr u uchun unutilmas tarix sifatida qoladi.
Futbolchi oʻz murojaatida “Roma” klubiga unga ishongani, imkoniyat bergani va doimiy qoʻllab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, endi hayotida yangi sahifa ochilmoqda, biroq “Roma”dagi xotiralar uni hech qachon tark etmaydi. Shomurodov “Roma” klubi uning qalbida abadiy saqlanishini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Maʼlumot uchun, Eldor Shomurodov 2021-yil yoz oyida Italiyaning “Jenoa” klubidan “Roma”ga koʻchib oʻtgan edi. U rimliklar safida jami 85 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi, 13 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi. “Transfermarkt” portali futbolchining hozirgi transfer bahosini 5 million yevroga baholagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring