Ekspert: Toshkent konferensiyasi Afg‘onistondagi vaziyatga ta’sir qila olishi mumkin bo‘lgan davlat va tuzilmalarni bir joyga to‘play olgani bilan muhimdir
Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Toshkent konferensiyasi dunyo mass-media maydonida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Nyu-Delida joylashgan Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori Uday Bxaskar Hindistonning markaziy gazetasi — “Hindustan Times”da mazkur masalani qalamga oldi.
U o‘z maqolasida agar dunyo hamjamiyati Afg‘onistonga nisbatan sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirmas hamda urushayotgan tomonlarni tinch muzokaralarga chorlash uchun ularga bosimni kuchaytirmas ekan, afg‘on muammosining hal qilinishi yana uzoq yillarga cho‘zilib ketishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Toshkentdagi konferensiya, mutaxassisning fikricha, Afg‘onistondagi vaziyatga ta’sir qila olishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha davlat va tuzilmalarni bir joyga to‘play olgani bilan ham muhimdir.
Ekspertning qayd etishicha, bugun mamlakatda yuzaga kelgan og‘ir vaziyat hamda turli tahdidlarning ortib borishi faol chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. “Shu ma’noda, bo‘lib o‘tgan anjuman, — deb yozadi Uday Bxaskar, — muloqotni boshlash haqidagi taklifni “rasmiylashtirish” va kelajakda bevosita muzokaralar jarayonini boshlashga xizmat qiladigan mexanizm sifatida baholanmoqda”. Mutaxassis O‘zbekiston tashabbusi hamkorlar tomonidan konstruktiv qo‘llab-quvvatlanishiga umid bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring