Ekoturizm va agrar soha uygʻunligi

10:29 17 Iyul 2025 Jamiyat
115 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Tadbirkorlik harakatining kengayishi ishbilarmonlik salohiyatiga ega yurtdoshlarimizning yangidan-yangi tashabbuslariga yoʻl ochmoqda. Uchqoʻrgʻon tumanining Istiqlol mahallasida istiqomat qilayotgan Tolibjon Holmatovning intilishlari bunga misol. Tabiatan dehqonchilikka moyil bu inson ekoturizm va agrar sohani uygʻunlashtirgan holda yangilikka qoʻl urdi. Uning moʻjazgina dalasida daromadli biznes — golubika oʻsimligi parvarishi yoʻlga qoʻyildi.

— Belarus, Serbiya va Polsha davlatlaridan olib kelingan noyob “Golubika” (blueberry) navli “yagoda” rezavor mevani mahalliy sharoitga moslab oʻstiryapmiz, — deydi T. Holmatov. — Ayni paytda plantatsiyada 6 000 dona 2-3 yoshli hamda 300 dona 5-6 yoshli koʻchatlar yetishtirilmoqda. Ular uch yoshdan toʻliq meva berishni boshlaydi.

Iyun oyida Tolibjonning ekinzoridagi mevalarning dastlabki hosili pishib yetildi. Yangi meva nafaqat agrar sohadagi mutaxassislar, balki tumanga kelayotgan sayyohlarda ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Chunki uning dunyo bozoridagi narxi ancha baland — kilogrammi 50–70 dollarni tashkil etadi. Dorivorlik xususiyatlari ham shunga yarasha, eksportlilik salohiyati esa yuqori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?