Ekologlar shahar havosini tozalash uchun qanday daraxtlar eng yaxshi ekanini aniqlashdi
Illyustrativ foto
Shvetsiyaning Gothenburg universiteti tadqiqotchilari mahalliy botanika bog‘idagi dendroparkda bir joyda o‘sadigan o‘n bir xil daraxtning barglarini yig‘ib, qaysi moddalarni tutib qolganini tahlil qilishdi.
«Ushbu to‘plam havoni ifloslovchi moddalar taʼsir ko‘rsatadigan ekologik sharoitlarda ko‘plab turli xil daraxtlarni sinab ko‘rish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi», deydi tadqiqot mualliflaridan biri Jenni Klingberg.
Qayd etilishicha, jami 32 xil ifloslovchi moddalar tahlil qilindi, ularning baʼzilari mikro va nanoskopik zarrachalar sifatida tarqaladi.
"Bizning tahlillarimiz shuni ko‘rsatdiki, turli turdagi daraxtlar har xil havoni ifloslovchi moddalarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega. Ignabargli daraxtlar odatda bargli daraxtlarga qaraganda gazsimon politsiklik aromatik uglevodorodlarni ko‘proq o‘zlashtiradi. Ignabargli daraxtlarning yana bir afzalligi shuki, ular qishda, odatda havo ifloslanishi eng yuqori bo‘lgan paytda havo tozalagich sifatida ishlaydi" deydi olim.
Biroq, bargli daraxtlar kattaroq sirt maydondagi havodan zarrachalarni olib tashlashda sezilarli darajada yaxshi ko‘rsatkichga ega ekan.
Olimlar tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, havoni yana-da samarali tozalash uchun shaharsozlikda har xil turdagi daraxtlarni birlashtirishni tavsiya etishmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring