Ekologiya vazirligi sharlar uchun bojxona toʻlovini 10 baravarga oshirishni taklif qildi

Oʻzbekistonga sharlarni olib kirish uchun bojxona toʻlovlarini 10 baravarga oshirish taklif qilindi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik Hukumatning 2024-yil 28-iyundagi “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingani, shunga qaramay, ayrim tadbirkorlar ekologiya va aholi salomatligi haqida qaygʻurmagan holda shar uchirish kabi tadbirlar oʻtkazayotganini tanqid ostiga olgan.
Maʼlum qilinishicha, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan turli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, sharlarni Oʻzbekistonga olib kirish uchun bojxona toʻlovlarini 10 baravarga oshirish, yurtimizda shar uchirish kabi tadbirlarni oʻtkazmoqchi boʻlganlarga utilizatsiya talabini qoʻyish va bunda sharlarning narxiga nisbatan 100 baravar miqdorda narx belgilash taklif qilingan.
“Ekologiya vazirligi bu kabi holatlarga chek qoʻyish maqsadida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tarafdori. Shuning uchun ekologiyaga befarq boʻlmagan yurtdoshlarimizni plastik oʻyinchoqlar, sharlar uchirish kabi tadbirlarga yoʻl qoʻymaslik, bunday tadbirlarga boykot eʼlon qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jizzax viloyatidagi Navroʻz bogʻida 5 mingta shar uchirilishining oldi olingani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring