Baxtiyor Saidov Xelsinkida Finlyandiya prezidenti tomonidan qabul qilindi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Finlyandiyaga tashrifi doirasida ushbu mamlakat prezidenti Aleksandr Stubb tomonidan qabul qilindi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Uchrashuv avvalida Baxtiyor Saidov Finlyandiya yetakchisiga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazgan. Muzokaralar davomida ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida eʼtirof etildi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Finlyandiya kun tartibidagi barcha jabhalarni koʻrib chiqdilar. Asosiy eʼtibor oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etishga qaratildi.
“Oʻzbekiston va Finlyandiya tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi”, — deb yozadi Oʻzbekiston TIV rahbari.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi qadamlar kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring