Ekin urugʻlarini sertifikatlash reglamenti tasdiqlandi
Hukumat qarori (712-son, 16.12.2022-y.) bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga muvofiq, urugʻlarni sertifikatlash uchun davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali, shuningdek Oʻzagrosanoatinspeksiyaga ariza beriladi.
Sertifikatlash uchun urugʻlar turidan kelib chiqib BHMning 7 baravaridan 20 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan
6 mln soʻmgacha) yigʻim undiriladi.
Oʻzagrosanoatinspeksiya sinov bayonnomasi va tahlil natijalari hamda hujjatlarni koʻrib chiqqanidan soʻng mahsulotga muvofiqlik sertifikati beradi yoki rad etadi.
Sertifikat berish muddati barcha hujjatlar taqdim qilingan va sinov natijalari yakunlanganidan soʻng 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari qaror bilan quyidagi tartiblar tasdiqlandi:
— urugʻlik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash;
— donli ekinlar urugʻlarini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash;
— urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring