Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi
Albert Eynshteynning tilini koʻrsatgan mashhur fotosuratining asl nusxalaridan biri Bostondagi kimoshdi savdosida katta miqdordagi pulga —338 630 dollarga sotildi. Savdolarni “RR Auction” auksion uyi oʻtkazdi.
Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan — shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.

Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun uning 9 ta nusxasini soʻraydi. Shu nusxalardan biri kimoshdi savdosiga qoʻyildi.
Lotning dastlabki narxi 40 ming dollardan sal koʻproqni tashkil etgandi, ammo kolleksionerlarning qiziqishi stavkaning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Natijada surat 338 630 dollarga sotib olindi.
Ushbu nusxa natsistlar Germaniyasidan AQSHga qochib oʻtgan va Prinston universitetida ishlagan, shu maskanda Eynshteyn bilan tanishgan iqtisodchi Otto Natan nomiga yozilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring