Dushanbeda “Osiyo yuragi — Istanbul jarayoni” vazirlar konferensiyasi boʻlib oʻtadi
30-mart kuni Dushanbeda tashqi ishlar vazirlarining “Osiyo yuragi — Istanbul jarayoni” formatidagi 9-konferensiyasi boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tojikistonning “Xovar” Milliy axborot agentligining maʼlum qilishicha, konferensiya “Tinchlik va taraqqiyot uchun konsensusni mustahkamlash” mavzusiga bagʻishlangan. Forum Tojikiston va Afgʻoniston Prezidentlarining kirish soʻzlari bilan boshlanishi kutilmoqda.
Konferensiyada 15 ta ishtirokchi davlat tashqi ishlar vazirlari bevosita ishtirok etadi. 16 ta donor mamlakat, 16 ta mintaqaviy va xalqaro tashkilot rahbarlari onlayn shalda qatnashadi, deb xabar bermoqda “Xovar” agentligi.
Konferensiya yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, “Osiyo yuragi — Istanbul jarayoni” Afgʻoniston va Turkiyaning qoʻshma tashabbusi boʻlib, uning birinchi konferensiyasi 2011-yil 2-noyabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtgan edi.
“Xovar” 15 ta ishtirokchi davlat roʻyxatini keltirgan: Turkiya, Afgʻoniston, Tojikiston, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻzbekiston. 16 ta donor davlat: AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Daniya, Misr, Finlyandiya, Italiya, Iroq, Norvegiya, Polsha, Ispaniya, Shvetsiya. 16 mintaqaviy va xalqaro donorlik tashkiloti: Ogʻaxon taraqqiyot tarmogʻi, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha konferensiya, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, KXSHT, NATO, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring