Dunyoning 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi futbolchisi maʼlum qilindi
Foto: ESPN telekanali illyustratsiyasi
Germaniyaning «Borussiya Dortmund» klubi hujumchisi Erling Xoland ESPN telekanali talqini boʻyicha 21 yoshgacha boʻlgan dunyoning yaxshi futbolchisi deb topildi.
Telekanal roʻyxatidan jami 39 nafar futbolchi joy olgan. Ular 75 nafar yosh charm toʻp ustalaridan iborat boʻlgan katta roʻyxatdan tanlab olingan. Futbolchilar eng yuqori darajadagi oʻyinlar soni, uzoq vaqt davomida barqaror oʻyin koʻrsatish va kelajakda yuqori saviyali oʻyinchi boʻlish imkoniyati kabi mezonlar asosida tanlab olingan.
Dortmundning «Borussiya» klubining 21 yoshli norvegiyalik hujumchisi Erling Xoland birinchi, “Barselona”ning 19 yoshli ispaniyalik yarim himoyachisi Pedri uchinchi, «Manchester Siti»ning 21 yoshli angliyalik yarim himoyachisi Fil Foden uchinchi oʻrinni egalladi.
Shuningdek, kuchli oʻnlikdan Jud Bellingem (Angliya) «Borussiya Dortmund», Vinitsius Junior (Braziliya) “Real”, Bukayo Saka (Angliya) “Arsenal”, Jamol Mutsiala (Germaniya) “Bavariya”, Florian Virs (Germaniya) «Bayer», Alfonso Devis (Kanada) “Bavariya”, Gavi (Ispaniya) “Barselona” kabi yosh futbolchilar joy olgan.
Eng yaxshi topilgan 39 nafar yosh futbolchining 8 nafari Angliya fuqarosi hisoblanadi. Shuningdek, roʻyxatdan 5 nafar ispaniyalik, toʻrt nafar Fransiyalik, uch nafardan AQSHlik, germaniyalik, braziliyalik, ikki nafardan niderlandiyalik va belgiyalik yosh charm toʻp ustasi joy olgan.
Ushbu futbolchilarning 27 nafari (har bir chempionatda toʻqqiz nafardan) Angliya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarining yuqori ligalarida toʻp suradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring