Dunyodagi eng koʻp maosh oladigan basketbolchilar maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Shimoliy Amerikadagi “Boardroom” portali “Forbes” jurnaliga tayanib 2025-yilda Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (MBA)da eng koʻp maosh oluvchi basketbolchilar reytingini eʼlon qildi.
Roʻyxatda birinchi oʻrinni “Golden Steyt Uorriorz” yetakchisi Stiven Karri egalladi. Uning daromadi 159,6 million dollarni tashkil qilgan. Bu Karrining faqat MBAdan olayotgan maoshi, ushbu miqdorga reklama kelishuvlaridan tushadigan mablagʻlar kiritilmagan.
Shuningdek, portalning eng koʻp maosh oluvchi basketbolchilar roʻyxatining yuqori oʻnta oʻrnidan Lebron Jeyms (“Los-Anjeles Leykers”) 137,6, Kevin Dyurant (“Xyuston Rokets”) 104,3, Yannis Adetokunbo (“Miluoki Baks”) 99,1, Jeyson Teytum (“Boston Seltiks”) 79,1, Entoni Edvards (“Minnesota Timbervulvz”) 65,6, Joel Embiid (“Filadelfiya Siksers”) 65,2, Jimmi Batler (“Golden Steyt Uorriorz”) 65,1, Shey Giljes-Aleksander (“Oklaxoma-Siti Tander”) 63,3, Nikola Yokich (“Denver Naggets”) 63,2 million dollar bilan joy oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring