Dunyoda surunkali gepatit B ga chalingan bemorlarning 90 foiziga oʻz vaqtida tashxis qoʻyilmaydi — JSST
Gepatit — xavfli kasallik. Soʻnggi tahlillarga koʻra, bu dard dunyo boʻyicha yiliga milliondan ortiq kishining hayotiga zomin boʻlmoqda.
Virusli gepatitning, ayniqsa, B va C turlaridan kasallanish hamda oʻlim koʻrsatkichlari yuqori. Xastalikning C turini toʻliq davolash mumkin. Ammo bu infeksiyani yuqtirganlarning faqat 21 foiziga oʻz vaqtida tashxis qoʻyilib, atigi 13 foizi zarur muolajalarni olayotgani achinarli statistika.
Xuddi shunday, surunkali gepatit B dan aziyat chekuvchi bemorlarning bor-yoʻgʻi 10 foizi oʻz xastaligidan xabardor va 2 foizigina zarur dori-darmonlarni qabul qiladi.
Shundan kelib chiqqan holda, JSST 2030-yilga borib, gepatitni kamaytirish boʻyicha yangi tavsiyalarni taqdim etish harakatida.
Unga koʻra, xastalikning B va C turlari bilan kasallanish va undan oʻlim holatlarini kamaytirish uchun tashkilotga aʼzo mamlakatlar quyidagilarga amal qilishi zarur:
— gepatit B ga chalingan barcha homilador ayollar davolanishini taʼminlash va ulardan dunyoga kelgan chaqaloqlarni ushbu xastalik turiga qarshi emlash;
— gepatitning B va (yoki) C turlarini yuqtirgan bemorlarni tashxislash koʻlamini 90 foizga va bunday insonlarni dori-darmonlar bilan taʼminlash qamrovini 80 foizga yetkazish;
— qon quyish, inyeksiya yuborish xavfsizligini kafolatlovchi ilgʻor amaliyotlarni joriy etish.
Shuningdek, bolalarni mazkur kasallikka qarshi ommaviy emlash orqali gepatit B ga chalinish holatlarini kamaytirish asosiy strategik maqsadlardan biri.
Umuman, JSST oʻz sogʻligʻini qadrlagan har bir insonga vaqti-vaqti bilan gepatit tekshiruvidan oʻtishni, infeksiya aniqlansa, paysalga solmay davolanishni va xastalikning B turiga qarshi emlanishni tavsiya qiladi.
Qolaversa, ekspertlar xulosasiga koʻra, spirtli ichimliklardan tiyilish, vaznni meʼyorida saqlash, qon bosimi va qondagi qand miqdorini doimiy nazorat qilib borish ham jigarning sogʻlomligini taʼminlashga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring