Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday?
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 187 million 519 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 049 mingdan ziyod kishi vafot etgan.
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 362 031 yangi holati aniqlandi. 6 135 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 188 million 313 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 057 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
- AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,572 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,946 milliondan ortiq),
- uchinchi oʻrinda Braziliya (19,106 milliondan ortiq),
- toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (5,857 milliondan ortiq),
- beshinchi oʻrinda esa Fransiya (5,705 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 20 450, Hindistonda 38 792, Braziliyada 17 031, Rossiyada 23 827, Fransiyada 5 500 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 497 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring