Dunyoda ilk bor yurak urishdan to‘xtamasdan ko‘chirib o‘tkazildi
Tayvan Milliy universiteti shifoxonasi (NTUH) jarrohlari tarixda ilk bor donor yuragini urishdan to‘xtatmasdan ko‘chirib o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
Vaholanki, an’anaviy yurak transplantatsiyasi sovuqda saqlash usuliga tayanadi. Bunda a’zoga qon oqimi to‘xtaydi, shu sababli hatto bir necha soat kislorodsiz qolgan yurak mushaklariga zarar yetishi mumkin. Bunday holatdagi amaliyotda organizm yurakni rad etishi xavfi mavjud. Shuningdek, operatsiyadan keyingi asoratlar ham kuzatilishi ehtimoli bor.
NTUH jarrohlari buning oldini olish uchun organlarni parvarish qilishning maxsus tizimini ishlab chiqqan. U kislorod bilan to‘yingan qonni donor yuragiga tanaffussiz yetkazib beradi.
Ushbu tizim yurakni tanadan tashqaridagi nasoslar, oksigenatorlar va rezervuarlardan foydalangan holda ishlatishni ta’minlaydi.
“Yurak olinishidan oldin ham, olingandan keyin ham urishda davom etdi va hech qachon to‘xtamadi”, deb ta’kidladi NTUH organ transplantatsiyasi jamoasi rahbari Chen Ix-Shurng.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring