Dunyoda COVID-19ning qaysi mutatsiyalari keng tarqalmoqda? JSST bunga izoh berdi
Bugun dunyo boʻylab koronavirus pandemiyasi bekor qilingan. Karantin cheklovlari amalda emas. Shunga qaramay, COVID-19 mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda va har bir mamlakatda uning qaysidir shtamm yoki subvariantlari dominant.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti masʼul vakili Mariya Van Kerxovening taʼkidlashicha, hozir Yer yuzida qayd etilayotgan barcha shtammlar “omikron” mutatsiyalaridir. Ulardan biri “Eris” deb nomlangan EG.5 varianti boʻlib, u sayyoramiz boʻylab tarqalgan SARS-CoV-2 versiyalarining yarmidan koʻpini tashkil qiladi.
JSST avgust oyida mazkur subvariantni kuzatuv ostiga olgandi. Bunga yoz oylarida EG.5 ning keskin koʻpayishi sabab boʻldi. Ammo yaqinda AQSHda HV.1 versiyasi “Eris”ni “quvib” oʻtdi. U mamlakatda roʻyxatga olinayotgan COVID-19 tashxisli bemorlarning 29 foizida qayd etilyapti.
Yevropa mamlakatlarida esa “Kraken” yoki EG.5 kabi variantlar dominant. Ularning jami holatlardagi ulushi taxminan 67 foizga teng.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan “xavotirli variant” deb atalgan VA.2.86 (pirola) mutatsiyasining tarqalish surʼati esa ancha sekin. Ilk bor iyul-avgust oylarida Isroil va Daniyada aniqlangan bu versiya emlashdan soʻng hosil boʻladigan immunitetga bir muncha oson “chap berish” xususiyatiga ega, deb aytilayotgandi.
Fransiyada esa VA.2.86 ning subvarianti hisoblangan JN.1 mutatsiyasi keng tarqalmoqda.
Oksford universiteti professori Endryu Pollardning soʻzlariga koʻra, kelgusida yangi variantlar paydo boʻlishda davom etadi. Ular maʼlum bir muhitda xavf guruhga mansub aholi oʻrtasida shifoxonaga yotqizish holatlari va hatto oʻlim koʻrsatkichlari oshishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozircha bunday epidemiologik vaziyat kuzatilayotgani yoʻq.
Mariya Van Kerxove bu xususdagi xulosalari bilan oʻrtoqlashar ekan, COVID-19 ga gumon qilinganlar, albatta, maxsus test — sinamalarni topshirishlari kerakligini taʼkidladi.
Bu nafaqat kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, samarali davolash, balki koronavirus populyatsiyasi va mutatsiyalarini kuzatish hamda oʻrganish imkonini ham beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring