Dubay shokoladi hayot uchun xavfli deb topildi
Foto: Nazorat inspeksiyasi
Dubay shokoladi tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bakteriyalar aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, inspeksiya tomonidan “Eco bozor”ning Beruniy filiali savdo nuqtalarida sotilayotgan “Fix dessert chocolatier” brendi ostidagi Dubay shokolad mahsulotlari ustidan nazorat xaridi amalga oshirilgan. Tanlab olingan mahsulotlar sifat koʻrsatkichlarini aniqlash maqsadida “OʻzTest” DM sinov laboratoriyasiga topshirilgan.
Bayonnoma natijalariga koʻra, mahsulot tarkibida quyidagi nomuvofiqliklar aniqlangan:
- Mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar (MAFAM), shuningdek, achitqi zamburugʻlarning yuqori darajadagi mavjudligi;
- Koli guruhidagi bakteriyalar (BGKP) va “Salmonella 25 g” bakteriyasining mavjudligi, bu esa meʼyoriy hujjatlarda qatʼiyan taqiqlangan;
- Bunday koʻrsatkichlar inson salomatligi uchun xavfli boʻlib, ayniqsa allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, mahsulotning tashqi koʻrinishi ham texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlangan. Xususan, UzTR.490-022:2017-sonli “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamentning tegishli bandlari talablari buzilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring