Dubay shahrida Butunjahon hukumatlar sammiti boʻlib oʻtmoqda
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Butunjahon hukumatlar sammiti (World Governments Summit) 2013-yildan boshlab har yili Dubayda oʻtkazilib kelinadi.
Bu yilgi sammit “Kelajak hukumatlarini shakllantirish sari” mavzusida tashkil etilib, uning doirasida 15 ta forum, 23 ta uchrashuv va davra suhbatlari, 120 dan ortiq interaktiv sessiya va seminarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlarda 200 nafar spiker, 120 ta xorijiy delegatsiyalar, 27 ta xalqaro tashkilot rahbarlari, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, yirik biznesmenlar taklif qilingan.

Sammit doirasida “Hukumat inson resurslarining istiqbollari” mavzusida tashkil qilingan davra suhbatida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kadrlar maʼmuriyatchiligi departamenti mudiri I.Qurbonov hamda 20 ga yaqin davlatdan inson resurslari va kadrlar siyosatiga masʼul boʻlgan idora rahbarlari ishtirok etmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar, davlat xizmati tizimi transformatsiyasi, raqamlashtirish jarayonlari va joriy qilingan elektron platformalar (hrm.argos.uz, vacancy.argos.uz, samaradorlik.uz) toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring