Donorlar qanday huquq, imtiyoz va kafolatlarga ega?

19:21 17 Iyun 2023 Jamiyat
537 0

Qonunchilikka koʻra:

— qon va uning tarkibiy qismlarini muntazam ravishda hamda bepul topshiruvchi donor “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi va BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming soʻm) miqdorida biryoʻla beriladigan pul mukofoti oladi;

— mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi;

— qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni donor ana shu kunlar uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi;

— oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari, oliy oʻquv yurtlari talabalari, taʼlim oluvchilarning boshqa toifalari qon topshiradigan kuni, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtadigan kuni mashgʻulotlardan, harbiy xizmatchilar esa naryadlarni bajarishdan, xizmatni oʻtashning vaxta va boshqa shakllaridan ozod qilinadi;

— donorga har safar qon topshirgan kunning bevosita ertasiga dam olish uchun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda qoʻshimcha 1 kun beriladi;

— donor xohishiga koʻra mazkur dam olish kuni har yilgi mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi mumkin;

— donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi;

— donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun toʻlov, ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash jumlasiga kiradi;

— sogʻligʻi saqlanishi tibbiyot xodimlari tomonidan kafolatlanadi hamda sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?