Doniyor Gʻaniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligidan ketdi
Doniyor Gʻaniyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligidan ketdi. U yangi lavozimga tayinlangan. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Gʻaniyev Doniyor Avazovich Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bungacha u Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasi aʼzosi sifatida faoliyat olib borgandi.
Doniyor Gʻaniyev 1988-yilda Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida tugʻilgan. 2012-yilda Oksford Bruks Universitetini (Birlashgan Qirollik) tugatgan.
Avvalroq, Prezidentimiz Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishgandi.
Avvalroq, Prezidentimiz Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring