Dominikanda tungi klub tomi bosib qolishi oqibatida 100 ga yaqin kishi qurbon boʻldi (+video)

12:00 09 Aprel 2025 Dunyo
193 0

Dominikan Respublikasining poytaxti Santo-Domingo shahridagi “Jet Set” nomli tungi klub tomining qulab tushishi natijasida qariyb 100 kishi halok boʻldi. Bu haqida “BBC” nashri xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur hodisa oqibatida 150 nafardan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. “Jet Set” klubi Santo-Domingodagi mashhur tungi klublardan biri boʻlib, muntazam ravishda raqs musiqasi konsertlariga mezbonlik qiladi.

Taʼkidlanishicha, fojia sodir boʻlgan paytda klubda siyosatchilar, sportchilar va boshqa taniqli shaxslar ham boʻlgan. Jumladan, hodisa sabab qurbon boʻlganlar orasida Monte-Kristi provinsiyasi gubernatori Nelsi Kruz ham borligi maʼlum qilingan.

Mahalliy matbuot maʼlumotlariga koʻra, hodisa sodir boʻlgan paytda klubda 500 dan 1000 nafargacha odam boʻlgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videotasvirlardan koʻrish mumkinki, klubdagi konsert ishtirokchilarining ayrimlari bino tomining qulab tushishi mumkinligini sezishgan va turli ishoralar qilishgan.

“Qutqaruvchilar hanuzgacha vayronalar ostidan odamlarni chiqarishda davom etmoqda, jarohatlangan 150 dan ortiq kishi turli darajadagi jarohatlar olib kasalxonaga yotqizildi. Umid qilamanki, qulagan tom ostida qolganlarning koʻpchiligi hamon tirik va qutqarib olinadi”, — deydi Favqulodda vaziyatlar markazi direktori Xuan Manuel Mendez.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер