Dogʻistonlik general oʻz uyida oʻlik holatda topildi
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiysi Magomed Xandayev 61 yoshida kutilmaganda vafot etdi, deya xabar berdi Rossiya davlat idoralari. Xandayevning oʻlimi taniqli rus arboblari ishtirokidagi bir qator sirli voqealardan biri sanaladi.
U 2023-yil iyunidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligining davlat ekspertizasi boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Xandayevning oʻlimi tafsilotlari, jumladan, sababi va qayerda sodir bo‘lgani oshkor etilmagan. Ayrim manbalarga koʻra, u oʻz uyida oʻlik holda topilgan.
Rossiyaning Dogʻiston Respublikasi Shamilskiy tumani rahbari Magomed Gasanov Xandayevning jasadi dafn etish uchun Maxachqalʼaga olib kelinganini tasdiqladi. U tugʻilib oʻsgan Genta qishlogʻida dafn etiladi.
Taxminlarga koʻra, Rossiya Mudofaa vazirligini ramziy “tozalash” boʻyicha keng koʻlamli saʼy-harakatlar olib bormoqda. Dogʻistonlik general oʻz ajali bilan oʻlmagan boʻlishi ham mumkin.
“Newsweek” nashrining Kremldagi manbasi prognoz qilishicha, yil oxirigacha departamentda yuzlab hibsga olishlar uchrashi mumkin. Bunga qarshi chiqqanlar bilan baxtsiz hodisalar ham sodir boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring