DXX kubogining mini-futbol bellashuvlarida guruh bosqichi yakunlandi

17:31 20 Avgust 2025 Sport
262 0

Joriy yilning 18-avgust sanasida Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida “DXX kubogi” musobaqasining Respublika bosqichi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

3 kun davom etgan musobaqalardan soʻng, bugun, 20-avgust kuni mini-futbol musobaqalarining guruh bosqichi yakunlandi.

Yigitlar oʻrtasida oʻtgan bahslarda Andijon, Jizzax, Toshkent shahri va Samarqand jamoalari oʻz guruhida birinchi oʻrinni olgan holda chorak finalga yoʻl oldi. Shuningdek, Fargʻona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyati jamoalari guruhlarda 2-oʻrinni egallagan holda chorak final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Yigitlar oʻrtasidagi bahslardagi chorak final juftliklari bilan tanishing:

• Andijon – Qashqadaryo;

• Surxondaryo – Samarqand;

• Toshkent shahri – Xorazm;

• Fargʻona – Jizzax.

Qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan mini-futbol musobaqalarida esa Namangan, Qashqadaryo, Andijon va Samarqand jamoalari oʻz guruhida gʻolib boʻlgan holda, shuningdek, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyati va Toshkent shahri jamoalari guruhda 2-oʻrinni olgan holda chorak finalga yoʻl oldi.

Qizlar oʻrtasidagi mini-futbol musobaqalarining chorak final juftliklari quyidagicha shakllandi:

• Namangan – Navoiy;

• Toshkent viloyati – Samarqand;

• Andijon – Toshkent shahri;

• Sirdaryo – Qashqadaryo.

Eslatib oʻtamiz, mini-futbolda musobaqaning chorak final oʻyinlari ertaga, 21-avgust kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер