«DXX kubogi» gʻoliblari mahallasiga «Yoshlar guzari» qurib berildi

01:47 28 May 2024 Jamiyat
430 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Jahongir BOYMURODOV/«Xalq soʻzi». Soʻnggi yillarda Qamashi tumanining Samarqand mahallasi nafaqat tuman, balki viloyat, respublika doirasidagi davralarda ham tez-tez tilga tushmoqda. Bunga sabab — mahallaning havaskor yosh futbolchilari erishayotgan natijalar.

Taʼkidlash joiz, Samarqand mahallasining havaskor yoshlaridan tashkil etilgan futbol jamoasi 2021-yilda «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» musobaqasining ilk gʻolibiga aylangan edi. Buning uchun ularning mahallasiga mukofot sifatida mini-futbol maydoni qurib berilgandi.

Musobaqaning 2023-yilgi mavsumida jamoa yana bir bora gʻoliblikka erishdi. Musobaqa nizomiga koʻra, yosh futbolchilarning bu yutugʻi mini-futbol maydoni bilan mukofotlanishi lozim edi. Biroq xuddi shunday mukofotga avval ega boʻlingani bois, bu gal ularning mahallasi uchun «Yoshlar guzari» qurib berildi.

Zamonaviy tipda barpo etilgan «Yoshlar guzari» binosida IT markaz, kutubxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, tikuvchilik sexi joylashgan. Guzar atrofidagi moʻjaz sayrgohda esa yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi mumkin.

Majmuaning tantanali ochilish marosimi mahalla ahli uchun haqiqiy bayramga aylanib ketdi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshligʻi Joʻrabek Noraliyev, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etib, yosh futbolchilarning yutuqlarini yana bir bora eʼtirof etishdi. Mahalla ahlini zamonaviy majmua bilan qutlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер