“Diydor” teatriga yangi rahbar tayinlandi

18:01 25 Iyun 2021 Madaniyat
1889 0

“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi davlat muassasasiga badiiy rahbar tayinlandi.

Oʻzbekiston Davlat Yoshlar teatri oliy toifali aktyori Yuldashev Bobur Bahodirovich “Diydor” yoshlar teatriga rahbar etib tayinlandi.

Bobur Yuldashev 1979-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. Oʻzbekiston Yoshlar teatri qoshidagi dramatik sanʼat maktab-studiyasini tugatgan. 2003-yilda Toshkent Davlat sanʼat institutining “Drama teatri va kino aktyorligi” fakultetini tamomlagan va shu teatrda 26 yildan buyon faoliyat olib boradi.

Mehnat faoliyatini 1995-yilda Yoshlar teatrining yordamchisi vazifasidan boshlagan. Teatrdagi faoliyati davomida aktyor 40 ga yaqin esda qolarli rollarni ijro etgan.

1998-yildan buyon teatr bilan birga kino va televideniye yoʻnalishida ham ijodiy faoliyatini olib boradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер