“Devordan sado chiqdi”: Inouye Murodjon Ahmadaliyevning soʻnggi chaqirigʻidan soʻng chidolmadi
Monte-Karloda oʻtkazilgan jangdan soʻng oʻzbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik P4P chempioni Naoya Inouyeni yana bir bor jangga chaqirdi. Bu chaqiriqlarga Inouye birinchi bor oʻz munosabatini bildirdi. U Ahmadaliyevning murojaatiga keskin ohangda javob qaytarib, hozirgi maqsadi boshqa ekanligini taʼkidladi.
Inouye oʻz javobida shunday dedi: “Nima uchun men Tapalesga yutqazgan odamdan qochishim kerak? Bunga umuman hojat yoʻq. Agar jang qilishni istasang, gʻalabangni «qiymatini” ushlab tur va kut! Men hozir Gudman bilan jangga tayyorlanyapman».
Oʻz navbatida kunchiqar yurt bokschisining fikriga qarata jurnalist Jalol Ahmedovning quyidagi fikrlari jahon boks ixlosmandlari oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. “Keling tan olamiz, MJ oʻsha magʻlub boʻlgan jangida oʻzining asl darajasida emasdi. Har qanday holatda ham u jangda yutqazmagandi. Nima uchun unda siz Murodjon magʻlub etgan Romanga ham yutqazgan Doxeni bilan jang qildingiz?”, degan u.
Eslatib oʻtamiz, Murodjon Ahmadaliyev yakshanba tongida Rikardo Espinozaga qarshi jang oʻtkazib, raqibini 3-raundda nokautga uchratgan edi. Ushbu gʻalaba orqali Ahmadaliyev vaqtinchalik WBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi. Bu esa uni yana yuqori darajadagi raqiblarga, jumladan Naoya Inouye bilan imkoniyat yaratishga yaqinlashtirdi.
Naoya Inouye ayni damda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. U 24-dekabr kuni Tokio shahrida avstraliyalik bokschi Sem Gudman bilan jang qilib, IBF chempionlik kamarini himoya qilishni rejalashtirgan. Ushbu jangda Inouye gʻalaba qozonsa, uning pozitsiyasi yanada mustahkamlanadi.
Shuningdek, Ahmadaliyev IBF tashkilotiga Inouyega qarshi oʻz shikoyatini kiritishini ham avvalroq maʼlum qilgan edi. Bu uning Naoya Inouye bilan jang qilish uchun imkoniyatni rasmiy yoʻl bilan qoʻlga kiritishga urinishini koʻrsatadi. Kelgusida ushbu ikki bokschining toʻqnashuvi katta eʼtibor bilan kuzatilishi aniq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring