Deputatlarning qizg‘in munozaralariga nima sabab bo‘ldi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida dastlab Prezidentimizning AQSHga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqi, tadbir doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilari sammitida ishtiroki, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlarining ahamiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Mamlakatimiz xalqaro munosabatlarda faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yayotgani va bu xalqaro hamjamiyat tomonidan chuqur e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining tarixiy nutqida ilgari surilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, partiya va uning fraksiyasi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Shundan so‘ng, deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qildilar.
Ushbu qonun loyihasi bilan Oliy Majlis palatalarining faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, shuningdek, zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, u bilan 13 ta qonun va 1 ta kodeksga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda. Bunda Spikerning o‘rinbosarlari fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo‘lish davrida siyosiy partiyadagi a’zolikni to‘xtatib turishi belgilanmoqda.
Loyihadagi ushbu normalar fraksiya a’zolarining qizg‘in munozaralariga sabab bo‘ldi. Ayrim deputatlarning fikricha, fraksiya rahbarlarining hozirda Spiker o‘rinbosarlari lavozimida faoliyat yuritishlari keyinchalik ham qoldirilishi kerak va bu mas’uliyatni ta’minlaydi.
Qonun tashabbuskorlarining qayd etishicha esa Spiker o‘rinbosarlarining fraksiya a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi, eng avvalo, ularning xolisligini ta’minlaydi, shu bilan birga, partiyalar, fraksiyalar mustaqilligini kafolatlab, ularning faoliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirdi. Loyihadagi ayrim normalar bo‘yicha turli savollar ko‘tarildi. Qizg‘in baxs-munozalardan so‘ng, qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring