Deputat homiyligida 10 nafar bolajonning sunnat toʻyi oʻtkazildi

16:15 27 Avgust 2025 Jamiyat
141 0

Mustaqilligimizning 34-yillik bayrami arafasida yurtimizda ezgu tashabbuslar, xalq farovonligiga xizmat qiladigan amaliy ishlar yanada keng qamrov kasb etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Muzrabot tumanidagi “Turkiston” tantanalar saroyida boʻlib oʻtdi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati, tadbirkor Hayitali Allamurodov homiyligida tumanda yashovchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj va kam taʼminlangan oilalarning 10 nafar farzandi uchun sunnat toʻyi oʻtkazildi. Ularga bayramona kayfiyat, sarpo, velosiped va esdalik sovgʻalar taqdim etildi.

— Bugun sunnat toʻyi oʻtkazilayotgan bolajonlar orasida mening ham farzandim bor, — deydi Farida Qilicheva. — Bizga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan juda mamnunman. Oʻgʻlim xursand, bosh-oyoq sarpo kiydi, unga velosiped ham sovgʻa qilishdi. Mamlakatimiz amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar yosh avlod kelajagiga boʻlgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi. Farzandimni yaxshi taʼlim oldirib, Vatanimizga foydali inson qilib voyaga yetkazaman. Homiy va tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman.

Darhaqiqat, bu kabi xayrli ishlar Yangi Oʻzbekistonda inson qadri, bagʻrikenglik va hamjihatlik ustuvor yoʻnalishga aylanganining amaliy ifodasidir.

Farhod ESONOV

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?