Deputat ayrim haydovchilarni transport boshqarish huquqidan mahrum qilishni taklif etmoqda
Soʻngi vaqtlarda fuqarolar tomonidan oʻzining shaxsiy avtomobilini shahar markazlarida katta tezlikda harakatlanib, ushbu xatti-harakatlarini video tasvirga olgan holda uni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirayotgan holatlar koʻpaymoqda. Bu esa koʻpchilikni oʻziga jalb qilishga, boshqalar ham shunday qoidabuzarlikni takrorlashiga, eng yomoni fojiali halokatlar, begunoh odamlar oʻlimiga sabab boʻlmoqda, deya yozmoqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmamatova.
Deputatning qayd etishicha, tezlikni oshirganlik uchun ikkilanishsiz jazo choralarini qoʻllash lozim.
«Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda birgina 2023-yilning oʻzida 9839 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 9209 nafar fuqaro jarohatlangan va 2282 nafar fuqaro halok boʻlgan. Ushbu holatlar asosan katta tezlikda harakatlanish, yoʻl qoidasiga amal qilmaslik oqibatida sodir etilgan. Bu kabi noxush xatti-harakatlarni oldini olib, unga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish zarur deb hisoblayman.
Shu sababli qonunchiligimizda belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan koʻp kattalikda oshirib yurganlik uchun hech qanday ikkilanishsiz transport vositasini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilish taklifini bildiraman.
Yaʼni, shahar ichida tezlik 60 etib belgilangan boʻlsa, 100 tezlikda yuradigan “shovvoz” haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum boʻlishi shart. Bu orqali fuqarolarimizni masʼuliyatini oshirish va yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarimizning hayotini saqlash hamda avtohalokatlar soni kamayishiga erishamiz degan umiddaman», deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring