Dehlida yuz bergan yongʻin oqibatida kamida olti nafar yangi tugʻilgan chaqaloq halok boʻldi

11:28 27 May 2024 Dunyo
1667 0

Foto: Reuters

Yongʻin shanba kuni kechqurun Hindiston poytaxtining Vivek Vixar hududidagi shifoxonada sodir boʻlgan.

Politsiya xodimi Surendra Choudxarining aytishicha, fojia yuz bergan vaqtda kasalxonada 12 nafar chaqaloq boʻlgan.

Rasmiylar qochib ketgan shifoxona egasiga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishini maʼlum qildi.

Dehli shahar maʼmuri Arvind Kejrival ushbu yongʻinni «yurakni larzaga soldi», dedi.

«Hodisa sabablari oʻrganilmoqda va bu beparvolik uchun kim javobgar boʻlsa, bundan qochib qutulmaydi», deydi Kejrival.

Dehli oʻt oʻchirish departamenti direktori Atul Gargning «Press Trust of India» axborot agentligiga maʼlum qilishicha, yongʻinni oʻchirish uchun 14 ta oʻt oʻchirish mashinasi joʻnatilgan.

«Yongʻin kislorod balloni portlashi tufayli juda tez tarqaldi», dedi u.

Rasmiylarning aytishicha, bitta zinapoyaga ega binoga kirish cheklanganligi tufayli qutqaruv ishlari qiyin kechgan.

Ushbu fojiaga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ham munosabat bildirib, oʻzining «X» ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida «Dehlidagi kasalxonadagi yongʻin fojiasi yurakni ogʻritdi», deb yozdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер