“Dedeman” brendi ostida Toshkent shahrida qad rostlagan mehmonxona faoliyat yuritadi

15:18 10 Fevral 2024 Jamiyat
409 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida “Zarafshan Golden Group” kompaniyasi tasarrufidagi “Zarafshon buildings” MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan mehmonxona “Dedeman” mehmonxonalar tarmogʻi hamkorligida oʻz faoliyatini boshlaydi. Maʼlumki, “Dedeman” mehmonxonalar tarmogʻi mazkur sohada faoliyat yurituvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalaridan hisoblanadi.

“Zarafshon buildings” MCHJ va “Dedeman” mehmonxonalar tarmogʻi oʻrtasida mazkur toʻrt yulduzli mehmonxona tashkil etish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi. 21 qavatdan iborat binoning 6 qavati mehmonxona, 12 qavati ofislardan iborat biznes markaz boʻladi. Birinchi qavatda mehmonlarni kutish zali joylashgan. 2-qavatda 300 oʻringa ega restoran, shuningdek, konferens-zallar tashkil etiladi. Mehmonxonamiz 103 ta xonadan iborat boʻlib, lyuks, standart va oddiy xonalar boʻladi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер