Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
Foto: You tube
“Million” jamoasi sardori Davron Kabulov “Daryo”ga bergan intervyusida otasi Ravshan Kabulovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va katta miqdorda jarimaga tortilgani boʻyicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman prokuraturasi, departamenti va tumangaz filiali masʼullaridan noroziligini aytib chiqqan edi.
Bosh prokuratura uning chiqishiga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil dekabr oyida ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Ravshan Kabulov rahbarlik qilayotgan Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxonaning 4 ta isitish qozonini 2022-yil 24-fevraldan 2023-yil 18-oktyabrga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab olib, tuman gaz taʼminoti idorasi bilan shartnoma tuzmay, gaz hisoblagichni gaz idorasidan roʻyxatdan oʻtkazmasdan va alohida hisob-raqam ochmasdan, gaz hisoblagichga oʻrnatilgan tamgʻani gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida tashqi taʼsir aralashuvida uzishga erishib, jami 907,558 kub metr miqdoridagi 344 mln 872 ming soʻmlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda koʻp miqdordagi tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2023-yil 22-dekabr kuni R.Kabulovga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 4-qismi «a” bandi bilan ayb eʼlon qilingan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan koʻrib chiqishlik uchun yuborilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudining 2024-yil 27-mart kungi hukmiga koʻra, R.Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 8-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasi qoʻllanilib, shartli ravishda 1-yil sinov muddati belgilangan», deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln 872 ming soʻmlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali foydasiga undirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring