Davlatobod tumanida ochilgan yangi korxonada 60 nafar yigit-qiz doimiy ish oʻrniga ega boʻldi

18:59 10 Iyul 2023 Jamiyat
813 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Namangan viloyati iqtisodiyotida yengil sanoat, xususan, tekstil korxonalari ulushi muttasil ortib bormoqda. Albatta, bu ishlab chiqarishning ayni yoʻnalishida toʻplangan boy tajriba, yetarli xomashyo bazasi, tadbirkorlik subyektlari biznes loyihalarining har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishi va zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlanayotgani natijasidir.

Davlatobod tumanidagi “Yoshlar” kichik sanoat zonasida yaqinda ish boshlagan “Fozilbek textile group -2016” masʼuliyati cheklangan jamiyati soʻzimizga yaqqol misol boʻla oladi. Taʼsischining 50 ming AQSH dollari qiymatidagi sarmoyasi hisobiga amalga oshirilgan loyihaga koʻra, bu yerda yiliga 240 ming donadan ziyod kiyim-kechak tayyorlanadi.

— Xorijiy texnologik uskunalar yordamida tikilayotgan erkaklar kiyim-kechaklari hamda nimchalar xalqaro bozor talablariga toʻla javob beradi, — deydi MCHJ rahbari Faxriddin Miraliyev. — Shundan kelib chiqib, mahsulotlarimizni toʻlaligicha eksportga chiqarishni rejalashtirganmiz. Rossiyalik hamkorlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, bugun-erta dastlabki kiyim-kechaklar turkumini tashqi bozorga chiqarish koʻzda tutilgan.

Korxonada yiliga qariyb 2 million dollar miqdorida mahsulot eksport qilish koʻzda tutilgan. Istiqbolli loyiha doirasida 60 nafar mahalliy yigit-qiz doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?