Davlatimiz rahbari Kumushkon mahallasida boʻlib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini koʻzdan kechirdi

20:07 18 Iyun 2025 Siyosat
265 0

Davlatimiz rahbari Parkent tumanidagi Kumushkon mahallasida boʻlib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini koʻzdan kechirdi.

Bu sohaga koʻplab imtiyozlar berilib, tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Turizm qishloqlarida zarur infratuzilma tashkil etilyapti. Bu imkoniyatlardan foydalanib, xonadonida mehmon uyi ochganlar talaygina.

Oxirgi yillarda Kumushkonga sayyohlar kelishi koʻpaygan. Bugungi kunda saksondan ortiq xonadonda mehmonxona tashkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga xizmat koʻrsatilmoqda.

Shunday tadbirkorlardan biri Olim Yusubov soy boʻyidagi hovlisida 48 oʻrinli mehmon uyi ochgan. Xonalar milliy uslubda, shinam qilib jihozlangan. Mehmon uyi yiliga 2 mingdan ziyod sayyohga xizmat koʻrsatadi.

Prezidentimiz bu yerdagi obodlik va omilkorlikni koʻrib, shunday loyihalarni boshqa soʻlim maskanlarda ham tashkil etish kerakligini taʼkidladi. Tadbirkorlarga zarur mablagʻ ajratib, qoʻshimcha xizmatlar tashkil etishiga koʻmaklashish boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatma berdi. Mahallalarda ichki imkoniyatlarni yuzaga chiqarish aholini band qilishda katta manba ekani qayd etildi.

Bu joylarga sayyohlar soʻlim manzaralardan bahramand boʻlish uchun keladi. Shuningdek, Masjidali ziyoratgohi ham diqqatga sazovor joylardan biri.

Toshkent viloyatida mingga yaqin shunday mehmon uylari bor. Ularda 2 ming 500 ta ish oʻrni yaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер