Davlat jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlashi mumkin – Qonun loyihasi

17:05 13 Avgust 2024 Siyosat
317 0

Foto: Illustrativ

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida majlisida “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda atroflicha muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash tizimi bilan barcha tijorat banklari qamrab olinmagani bois jismoniy shaxslar boʻlgan koʻplab mijozlarga xizmat koʻrsatuvchi Xalq banki omonatlarni kafolatlash tizimida ishtirok etmagan holda, unga joylashtirilgan omonatlar davlat tomonidan kafolatlanishi mumkin.

Majlisda deputatlar ushbu qonun loyihasi moliya xizmatlari bozorida raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan yuqoridagi sabablarni bartaraf etish uchun zarur deb hisoblashi bildirilgan. Bundan tashqari, banklardagi omonatlar fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan toʻliq hajmda kafolatlangani omonatchilar tomonidan bankning moliyaviy holati va faoliyat tavakkalchiligi bilan qiziqmasdan oʻz mablagʻlarini yuqori foizli omonatlarga joylashtirilishiga sabab boʻladi.

Qonun loyihasida omonatlarni kafolatlash tizimini isloh qilish, shu jumladan bank tizimining uzoq muddatli barqarorligini taʼminlash, uni ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, loyihada aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash uchun iqtisodiy inqirozlarning salbiy oqibatlarini minimallashtirish maqsadida kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi (200 million soʻm) ham qayd etilgan.

Qonun tashabbuskorlarining maʼlum qilishicha, kafolatlangan omonat miqdorining cheklangani bilan banklar fuqaroviy javobgarlikdan ozod etilmaydi va ular omonatchilari oldida oʻzining mol-mulki bilan javobgar boʻlishadi. Shu bilan birga, loyihani yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini, taklif va tavsiyalari bildirilgan boʻlib, keyingi oʻqilishlarda bartaraf etish majburiyati tashabbuskorlarga yetkazildi.

Qayd etish kerakki, Jahon banki ekspertlari tomonidan respublikamizdagi banklarning “Omonatlarni kafolatlashning samarali tizimi asosiy tamoyillari”ga muvofiqligi oʻrganilganda, 16 ta asosiy tamoyildan 8 tasi boʻyicha qoʻyilgan maqsadlarga erishish mumkin emasligi yoki bunday maqsadlarga zid qoidalar mavjudligi aniqlangandi.

Avvalroq, Bosh prokurorning iltimosnomasiga binoan xorijiy davlat sudining qarorini tan olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер