Davlat zaxirasidagi yerni 200 ming dollarga pullamoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

16:58 30 Yanvar 2026 Jamiyat
432 0

Toshkent shahri va Andijon viloyatida yer maydonlarini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro R.Y. fuqaro O.Sh.ning ishonchiga kirib, Fargʻona viloyati, Quva tumanidagi “T.B.” fermer xoʻjaligining 5 gektar va davlat zaxirasidagi 5 gektar jami 10 gektar yer maydonini goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 200 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Shu kabi yana bir holat, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, “A.S.” fermer xoʻjaligi rahbari D.T. Jalaquduq tumanidagi davlat zaxirasidagi 8 sotix ekin yer maydonini fuqaro O.R.ga tanishlari yordamida turar-joy qurish uchun olib berishi evaziga 9 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, yana 1 ming 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер