Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi o‘zgarmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning ellik yettinchi yalpi majlisida “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, qulay investisiya muhitini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Qonun bilan bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xo‘jalik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulki garovga berilmasligini belgilovchi norma kiritilmoqda.

Bundan tashqari, “Homiylik to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritilib, ustav fondidagi (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerakligi qayd etilmoqda.
Shuningdek, mazkur xarajatlar ular biznes-rejasining o‘tgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi ko‘rsatkichlari bajarilganda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Qonunning qabul qilinishi davlat mulkini boshqarish sohasini takomillashtiradi. Maxsus vakolatli organning vakolatlari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilash orqali xususiy mulkchilik kengaytiriladi. Xususiylashtirish jarayonlari ochiq va oshkora bo‘lishini ta’minlaydi.
Qizg‘in kechgan muhokamadan so‘ng Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring