Davlat xizmatchilari oyligi 400 foizga oshadi – Muhammad Abazid
Suriya Moliya vazirligi hukumatning samaradorligi va masʼuliyatini oshirish uchun kelgusi oydan davlat sektori xodimlarining ish haqini 400 foizga oshirishga qaror qildi. Bu haqida “Reuters” nashri xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bu qaror vazirliklarni maʼmuriy qayta qurishni tugatgandan soʻng kuchga kiradi. Ish haqini oshirish hukumatning mavjud resurslari, shuningdek, mintaqaviy yordam, sarmoya va Suriyaning xorijdagi aktivlarini muzlatishga qaratilgan saʼy-harakatlar hisobidan moliyalashtiriladi. Rasmiylar buning uchun taxminan 127 million AQSH dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
“Bu harakatimiz mamlakatdagi iqtisodiy voqelikni favqulodda hal qilish yoʻlidagi birinchi qadamdir. Davlat sektori xodimlarining bu oylik maoshlari shu haftaning oʻzida toʻlanadi”, — deydi Suriya muvaqqat hukumati moliya vaziri Muhammad Abazid.
Maʼlum qilinishicha, prezident Bashar al-Assad rejimi davrida Suriyadagi davlat sektori xodimlarining oylik maoshi taxminan 25 dollarni tashkil etgan. Bu maosh ularni mamlakat aholisining koʻpchiligi bilan birga qashshoqlik chegarasidan ham pastga tushirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring