Davlat dasturi loyihasining sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlaridagi masalalari muhokama qilindi

17:45 14 Yanvar 2025 Siyosat
207 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Joriy yilning 14 yanvar kuni kuni o‘tkazilgan Senatning Sud-huquq masalalari va korrusiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi majlisida  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokama qilindi.

Unda Qo‘mita a’zolari, mahalliy Kengashlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyalari raislari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi a’zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan Farmon loyihasi 33 ta band, 5 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan iborat.

Joriy yil uchun mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida ham har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash, suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish, xavfsizlik va tinchlik sevar davlat tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish kabi islohotlar belgilangan.

Muhokamalar jarayonida Davlat dasturi loyihasidagi bir qator maqsadlarga erishish bo‘yicha tegishli takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi.

Jumladan, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksini ishlab chiqish, shuningdek, Tog‘ va tog‘ oldi hududlardagi o‘rmonlarni asrash va ularning maydonini yanada kengaytirish. Parlament nazorati natijalarining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish kabi takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan (iqtisodiy) nizolarni o‘z vaqtida va adolatli hal etilishini ta’minlash maqsadida nizolarni sudgacha hal etishning muqobil usuli bo‘lgan mediatsiya institutini yanada takomillashtirish va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish masalasi alohida qayd etildi.

Bunda nizolashayotgan taraflar tomonidan tuzilgan mediativ kelishuvni majburiy ijro qilish mexanizmini joriy qilish hamda professional mediatorlar uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lish talabini qo‘yish zarurligi aytib o‘tildi.

Bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalar Qo‘mita tomonidan qo‘llab- quvvatlanib, o‘rnatilgan tartibda Davlat dasturiga kiritilishi uchun taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Shu bilan birga, Senat qo‘mitasi Davlat dasturi loyihasining jamoatchilik tomonidan muhokamasi davom etishini inobatga olib, jamoatchilik, shu jumladan soha mutaxassislarini o‘z fikr va mulohazalari orqali faol ishtirok etishga chaqiradi.

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер