Davlat boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish mamlakatni barqaror rivojlantirishning muhim sharti
Xabar qilinganidek, mamlakatimizda Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi oʻtkazilmoqda. Uning doirasida Senatda konferensiya tashkil etildi.
Unda Barqaror rivojlanish uchun tinch va ochiq jamiyatga koʻmaklashish, hamma odil sudlovdan foydalanishini taʼminlash va samarali, hisobdor va keng ishtirok etishga asoslangan institutlarni yaratishga koʻmaklashish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Tadbirda senatorlar, deputatlar, vazirlik va idoralar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar, OAV vakillari va ekspertlar ishtirok etdi.
Parlament, vazirlik va idoralar vakillari taʼkidlaganidek, sud tizimining haqiqiy mustaqilligini taʼminlash boʻyicha muhim qadamlar qoʻyildi hamda odil sudlovga erishish kafolatini kuchaytirish maqsadida Oliy sud tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Davlat organlarining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar tufayli korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ham sezilarli oʻzgarishlar kuzatildi.
Bundan tashqari, xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ayollarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik holatlarini barvaqt aniqlash uchun qisqa raqamli “1259” koll-markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 8 mingga yaqin ayollarga huquqiy psixologik yordam koʻrsatildi.
“Oilaviy zoʻravonlik” ilk bor alohida qilmish sifatida baholanib, uni sodir etgan shaxslar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik normalari belgilandi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan davlat boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilayotganligi, buning natijasida aholining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi folligi ortayotganligi qayd etildi.
Xususan, “regulation.gov.uz” normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida hozirgi kunga qadar muhokamaga qoʻyilgan 21 408 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha fuqarolar tomonidan 61 778 ta taklif kelib tushgan.
Muhokama davomida Oʻzbekistonda amalga oshirilgan qator islohotlar dunyo hamjamiyati tomonidan eʼtirof etilganligiga alohida urgʻu berildi.
Konferensiyada mamlakatning barqaror rivojlanishida qonun ustuvorligini taʼminlash, davlat boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini yanada kengaytirish, zoʻravonlik, ayniqsa, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish muhim omillar ekanligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda davlat boshqaruvi organlari faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni muntazam ravishda xabardor qilish, tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlgan xotin-qizlar va bolalar manfaatini oʻz vaqtida himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik yordamidan foydalanish kabi qator tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring