Davlat arxivlarida ish qanday olib boriladi?
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “Davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzuida oʻtkazilgan press-turda shu mazmundagi savollarga javob berildi.
Dastlab Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev Jizzax viloyati hamda respublikadagi davlat arxivlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shundan soʻng ishtirokchilar Sharof Rashidov tumani davlat arxivida davlat saqlovidagi arxiv hujjatlari va fotokoʻrgazma, shuningdek, davlat arxivida hujjatlar saqlanishini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar va hujjatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan tanishishdi. Jizzax viloyati davlat arxivida davom etgan press-turda 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida davlat arxivlarida amalga oshirilgan islohotlar hamda belgilab olingan rejalar xususida soʻz bordi.
Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, bugungi kunda Jizzax viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 4 ta davlat hamda 11 ta shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi faoliyat yuritib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring