Daniyaning 500 yillik gerbi oʻzgartirildi. Sabab nimada?

17:23 07 Yanvar 2025 Dunyo
240 0

“The Guardian” nashriga koʻra, Daniyadagi hukmron Glyuksburglar sulolasining qirollik gerbini oʻzgartirish qaroriga Tramp bayonotlari sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Donald Tramp AQSH orolni sotib olmoqchi ekanligi va bu zarurligini taʼkidlagan edi.

500-yil mobaynida mamlakat gerbida uch toj — Daniya, Shvetsiya va Norvegiya oʻrtasida XIV asrda tuzilgan Kalmar uniyasi ramzi aks etib kelgan. 2024-yil dekabri oxirida Daniya qiroli Frederik gerbni oʻzgartirishga farmon berdi. Unga Kopengagen oʻz nazorati ostida saqlamoqchi boʻlgan hududlar — Farer orollari (qoʻy) va Grenlandiya oroli (oq ayiq) ramzlari qoʻshilgan.

Shunga qaramay, Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede orolga mustaqillik berilishini istamoqda. Uning fikricha, orolning Daniya tarkibidagi tarixi “teng huquqli hamkorlik yaratilishi mumkin emasligini” koʻrsatgan.

Grenlandiya maydoni 2,166 million kvadrat kilometr boʻlgan dunyodagi eng katta orol boʻlib, uning deyarli 80 foizi muz bilan qoplangan. U Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqida joylashgan. Orolda 50 mingdan ortiq aholi yashaydi, ularning aksariyati inuitlardir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер