Daniyada nashadan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi
Shifokorlarga tibbiy nasha yozishga ruxsat beruvchi vaqtinchalik qonun doimiyga oʻzgartirilmoqda.
Tibbiy nasha navlari politsiya kirishi mumkin boʻlgan issiqxonalarda yetishtiriladi. Qonun har bir oʻsimlik, qayta ishlangan mahsulot partiyasi, qadoqlangan mahsulot birligi va nasha asosidagi dorivor mahsulotning oʻrami noyob elektron identifikator bilan belgilanishini nazarda tutadi.
Shifokorlar tibbiy nashadan 2018-yildan buyon boshqa dori vositalari oʻrnini bosa olmayotganligi tufayli foydalanib kelishgan. U kuchli ogʻriq bilan bogʻliq bemorlarga isteʼmol uchun ruxsat berilgan. Gap keng yoyilgan skleroz, orqa miya jarohati, saraton yoki surunkali ogʻriqli bemorlar haqida ketmoqda.
“Koʻpchilik tibbiy nasha isteʼmolidan keyin ahvoli yaxshilanganini his qiladi, ogʻriq yoki koʻngil aynishi ancha kamayadi”, — deb tushuntirdi Ichki ishlar va sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Sofi Leyode.
Shunga qaramasdan baʼzi shifokorlar bu qonunni tanqid qilishgan. Ularning soʻzlariga qaraganda, bemorlar preparatning oqibatlari va nojoʻya taʼsirlari haqida yetarli maʼlumot ololmaydilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring