Chorvoq va Toʻdakoʻldan boshqa birorta hududda choʻmilish joylari yoʻqligi qayd etildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam boʻlmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar koʻpligi taʼkidlandi.
Masalan, Boysundagi dunyoda eng chuqur gʻorlardan hisoblangan Boybuloq (Osiyoda eng chuqur, 1 ming 415 metr), yonidagi Vishnevskiy (715 metr), Neandartal odam qoldigʻi topilgan Teshiktosh gʻorlari, Darband darasi, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi – Uzundara qalʼasi butun dunyodan sayyohlarni oʻziga jalb qiladi.
Bu yerda mehmonxona, kemping, togʻ sporti, dor yoʻli, turistlar uylari kabi obyektlarni tashkil etish orqali 500 ming sayyohni bemalol jalb qilish mumkinligi taʼkidlandi.
Bunday imkoniyatlar Boʻstonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqoʻrgʻondagi Nanay, Popdagi Chodak hududlarida ham mavjud.
Chorvoq va Toʻdakoʻldan boshqa birorta hududda choʻmilish joylari yoʻqligi qayd etildi. Bu borada Nukusdagi Ashshikoʻl, Buxorodagi Zikrikoʻl, Jizzaxdagi Aydarkoʻl va Tuzkon koʻlining imkoniyatlari ishga solinmay turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring